
Fiorentina jamoasi mavsumni juda muvaffaqiyatsiz boshlagani sababli klub rahbariyatida o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Bosh murabbiy Stefano Pioli isteʼfoga chiqishi kutilayotgan bir paytda, klub sport direktori bilan allaqachon xayrlashdi.
Dastlabki oʻzgarish sifatida muvaffaqiyatsizlik uchun javobgarlikni Danyeʼle Prade boʻyniga oldi. "Fiorentina klubi Danyeʼle Prade bilan o‘zaro kelishuv asosida hamkorlikni yakunladi.
Klub prezidenti va uning turmush oʻrtogʻi Katerina nomidan unga eng yaxshi tilaklar bildiramiz", — deyiladi klubning rasmiy bayonotida. Taʼkidlash joizki, Fiorentina hozirda A Seriyada so‘nggi oʻrinlardan birini, yaʼni 19-o‘rinni egallab turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar