
FIFPro 2025 yilning ramziy terma jamoasini eʼlon qildi. Anʼanaga koʻra, tarkibni professional futbolchilar ovoz berish orqali belgilashdi.
Dunyo boʻylab futbolchilar toʻrtta pozitsiya boʻyicha uch nafardan nomzod koʻrsatishdi: darvozabon, himoyachi, yarim himoyachi va hujumchi. Ovoz berish natijalariga koʻra, "Pari Sen-Jermen" (PSJ) futbolchilari eng koʻp vakillik qildi — parijliklarning besh nafar futbolchisi ramziy jamoaga kirdi.
Shuningdek, "Real" va "Barselona" kabi ispan grandlari ham oʻz yulduzlarini taqdim etishdi. FIFPro 2025 ramziy terma jamoasi tarkibi quyidagicha: Darvozabon: Janluiji Donnarumma (Italiya, PSJ / Manchester Siti) Himoyachilar: Virjil van Deyk (Niderlandiya, "Liverpul"), Ashraf Hakimi (Marokash, PSJ), Nunu Mendesh (Portugaliya, PSJ) Yarim himoyachilar: Jud Bellingem (Angliya, "Real Madrid"), Koʻl Palmer (Angliya, "Chelsi"), Pedri (Ispaniya, "Barselona"), Vitinya (Portugaliya, PSJ) Hujumchilar: Usmon Dembele (Fransiya, PSJ), Kilian Mbappe (Fransiya, "Real Madrid"), Lamin Yamal (Ispaniya, "Barselona").
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.