date

Gravenberx: Otamning maslahatlari ish bermoqda


“Liverpul” yarim himoyachisi Rayan Gravenberx Chempionlar ligasi doirasida Madridning “Real” klubiga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida qatnashdi. Ushbu uchrashuv 4-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Futbolchi ushbu mavsumda raqib darvozasi oldida dadilroq harakat qilishga urinayotganini va bu borada otasining hissasi borligini ta’kidladi. - O‘ylaymanki, men otamning maslahatlariga ko‘proq quloq tuta boshladim.

U doim darvozaga ko‘proq zarba berish kerakligini takrorlaydi. Bu mavsumda uning fikri amalda o‘z aksini topmoqda.

Masalan, “Aston Villa”ga qarshi o‘tgan shanba kungi o‘yinda zarbamdan so‘ng to‘p riko’shet orqali darvozaga kirdi. Shuning uchun ha, ko‘proq zarba berish kerak, - dedi Gravenberx.

Mazkur mavsumda tayanch yarim himoyachi “Liverpul” safida uchta gol urib, ikkita golli uzatma amalga oshirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gravenberx: Otamning maslahatlari ish bermoqda