
"Tottenhem" bosh murabbiyi Tomas Frank shanba kuni bo‘lib o‘tgan Angliya chempionati doirasidagi "Chelsi"ga qarshi o‘yinda muxlislarning norozilik bilan hushtak chalganiga o‘z munosabatini bildirdi. "Muxlislar dastlabki 30 daqiqada ajoyib edilar. 
Ularning shovqini hayratlanarli edi va bu bizni oldinga siljishda yordam berdi. Hushtak chalish esa mutlaqo adolatli. 
Agar biz bosim, salbiy fikrlar va tanqidlarga bardosh bera olmasak, demak bu yerda joyimiz yo‘q", dedi murabbiy BBC nashriga. Eslatib o‘tamiz, "Tottenhem" va "Chelsi" o‘rtasidagi uchrashuv 0:1 hisobida "ko‘klar" foydasiga yakunlandi. 
"Tottenhem" 17 ochko bilan APLda beshinchi o‘rinni egallab turibdi.
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar