Manchester Yunayted sobiq barselonalik futbolchini sotib olishi mumkin

Manchester Yunayted sobiq barselonalik futbolchini sotib olishi mumkin

Manchester Yunayted sobiq barselonalik futbolchini sotib olishi mumkin
20 yoshli "Palmeyras" hujumchisi Vitor Roke Yevropaga qaytishi mumkin. Bu haqda Diario SPORT xabar bermoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, "Real Betis" va "Barselona"ning sobiq futbolchisi bilan "Manchester Yunayted" jiddiy qiziqmoqda. Xabar qilinishicha, "qizil iblislar" Rokeni qoʻlga kiritish uchun taxminan 50 million yevro toʻlashga tayyor.

Agar bu transfer amalga oshsa, "Barselona" ushbu kelishuvdan 10 million yevro ishlab oladi, chunki braziliyalik futbolchi boʻyicha 20% huquq "Barselona"ga tegishli. Roke joriy yil boshida vatani Braziliyaga qaytgan edi.

"Palmeyras" safida u barcha musobaqalarda 50 oʻyin oʻtkazib, 17 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar