date

Borussiya Brant bilan shartnomani uzaytirdi

Borussiya Brant bilan shartnomani uzaytirdi
Dortmundning "Borussiya" klubi nemis yarim himoyachisi Yulian Brant bilan yangi shartnoma imzolashga qaror qildi. Bu haqda Sky Germany xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Brantning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Klub rahbari Sebastian Kel va murabbiy Niko Kovach futbolchining shartnomasini uzaytirish tarafdori bo‘lmoqda.

Ayniqsa, Kovach bosh murabbiylikka kelganidan so‘ng Brantning o‘yin darajasi sezilarli darajada oshgan. Hujumkor yarim himoyachi klub vitse-kapitanlaridan biri sanaladi.

U boshlang‘ich tarkibda maydonga tushmasa ham, so‘nggi haftalarda zaxiradan tushib, muhim rol o‘ynamoqda. Joriy mavsumda 29 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 13 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Borussiya Brant bilan shartnomani uzaytirdi