
Bavariya darvozaboni va sardori Manuel Noer Chempionlar ligasi doirasida PSJ ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi gʻalabani izohladi. "Birinchi boʻlimda biz PSJdan yaxshiroq oʻynadik, ammo qizil kartochka tufayli vaziyat oʻzgardi.
Biz 10 kishi boʻlib kurashishga majbur boʻldik, lekin bunday holatlarni mashgʻulotlarda koʻp marta sinab koʻrganmiz, shuning uchun bunga tayyor edik. Kamchilikda boʻlganimizda hujumda oʻynash qiyin boʻldi, ammo himoyada yaxshi harakat qildik", – deya Noerning soʻzlarini keltiradi Bayern & Germany.
UEFA tomonidan mazkur oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan 39 yoshli darvozabon PSJ futbolchilarning 8 ta zarbasini qaytarishga muvaffaq boʻldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing