"Liverpul" kecha "Real"ni mag‘lub etib rekord o‘rnatdi


Chempionlar ligasining guruh bosqichida "Liverpul" oʻz maydonida Madridning "Real" klubini 1:0 hisobida magʻlub etdi. Uchrashuvdagi yagona golni argentinalik yarim himoyachi Aleksis Makallister kiritdi.
Stata Football maʼlumotlariga koʻra, "Liverpul" "Real"ga qarshi oʻyinlarda eng koʻp "quruq" gʻalaba qayd etgan klub hisoblanadi. Mersisaydliklar Chempionlar ligasi doirasida raqiblarini besh marta magʻlub etib, oʻz darvozalarini daxlsiz saqlab qolishgan.
Kecha erishilgan gʻalabadan soʻng Arne Slot shogirdlari turnir jadvalida toʻqqiz ochko toʻplab, oltinchi oʻringa koʻtarilishdi. Keyingi turda "Liverpul" oʻz maydonida Niderlandiyaning PSV klubiga qarshi oʻyin oʻtkazadi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…