
Kutilganidek, "Arsenal" hujumchisi Viktor Dʼyokeresh noyabr oyidagi o‘yinlar uchun Shvetsiya terma jamoasiga chaqirilmagan. Bunga uning yaqinda APL doirasida "Byornli"ga qarshi o‘yinda olgan jarohati sabab bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Dʼyokeresh o‘sha o‘yinning tanaffusida maydonni tark etgan edi. Shvetsiya terma jamoasining guruhda ikkinchi o‘rin uchun kurashish imkoniyati hali juda kichik bo‘lsa-da, mavjud.
Buning uchun ular Shveysariya mehmoni sifatida hamda Sloveniya bilan o‘z uyida g‘alaba qozonishi va boshqa natijalarga umid qilishi kerak bo‘ladi. Avvalroq manbalar Dʼyokereshning "Arsenal" safida qachon yana o‘ynashni boshlashi mumkinligi haqida maʼlumot bergan edi.
Shuningdek, "kanonirlar"ning yana bir jarohat olgan futbolchisi Gabriel Martinelli haqida ham xabarlar tarqalgan. Martinelli biroz oldinroq, avvalgi dam olish kunlarida jarohat olgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar