
PSJ futbolchisi Ashraf Hakimi uchun Chempionlar ligasi doirasidagi "Bavariya"ga qarshi uchrashuv birinchi bo‘lim oxirida yakunlandi. Marokashlik himoyachi Luis Diasning qo‘pol harakati natijasida to‘piqdan jarohat olib, maydondan ko‘z yoshlar bilan chiqib ketdi.
U stadionni qo‘ltiqtayoq yordamida tark etdi. Marca nashrining xabar berishicha, Hakimi chorshanba kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va unga sindesmozning yorilishi hamda deltoid bog‘lamining yengil shikastlanishi tashxisi qo‘yilgan.
Stadionda shifokorlar jarohatni siniq deb gumon qilishgan edi, lekin baxtga ko‘ra, jarohat o‘ta jiddiy bo‘lib chiqmadi va Hakimiga operatsiya talab etilmaydi. Shunga qaramay, PSJ futbolchisi to‘liq tiklanish uchun taxminan ikki oy vaqt talab qiladi.
Bu esa Hakimining 21 dekabrda boshlanadigan Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etishini xavf ostiga qo‘yadi.
Ashraf Hakimiga operatsiya kerak emas
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar