date

Kovach: "Manchester Siti"ning kuchini ko'rdik

Kovach: "Manchester Siti"ning kuchini ko'rdik
Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Niko Kovach Chempionlar ligasi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi kechgan o'yindagi mag'lubiyatni (1:4) izohladi. "Shaharliklar" har ikki bo'limda ham ikki tadan gol urishdi.

Gollarga Fil Foden (dubl), Erling Holand va Rayan Sherki mualliflik qilishdi. Mehmonlar safidagi yagona gol Valdemar Anton tomonidan kiritildi.

"Biz "Manchester Siti"ning naqadar kuchli ekanligini ko'rdik. Dastlabki 15 daqiqada yaxshi harakat qildik, to'pga egalik qildik va o'yinni nazorat qildik.

Ammo keyin raqib tezlikni oshirib, o'z mahoratini namoyish etdi. Bunday o'yinlarda xatolarga yo'l qo'yib bo'lmaydi.

Lekin bu biz uchun muhim tajriba bo'ldi – ko'p narsani o'rgandik. "Manchester Siti"ni tabriklashdan boshqa ilojimiz yo'q.

Bu jamoa eng yuqori darajaga ega. Ular o'z imkoniyatlarini samarali amalga oshirdi, biz esa yo'q.

Farq aynan shunda edi", – dedi Kovach UEFA rasmiy saytiga bergan intervyusida. "Borussiya" Chempionlar ligasi umumiy turnir jadvalida 7 ochko bilan 14-o'rinni egallamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kovach: "Manchester Siti"ning kuchini ko'rdik