7 934
Osiyoga 8,5 ta o‘rin: JCh—2026 dan boshlab mundial ishtirokchilari 48 taga etishi haqida FIFA 10 yanvar kuni e’lon qiladi
Xalqaro futbol uyushmasi FIFA prezidenti etib Janni Infantino tayinlangach, har to‘rt yilda bir marotaba o‘tkaziladigan jahon chempionati ishtirokchilari sonini 32 tadan 48 taga etkazish g‘oyasi ilgari surilgandi. «Daryo» xabariga ko‘ra, FIFA seshanba kuni bu masalani amalga tadbiq qiladi.
Ma’lumki, JCh—2018 Rossiyada, JCh—2022 esa Qatar mamlakatida bo‘lib o‘tadi. 2026 yilgi mundial mezboni masalasi esa hal etilmagan. FIFA ishtirokchilar 48 taga qadar etadigan jahon chempionatini aynan 2026 yildan boshlab o‘tkazadi.
Taxminlarga ko‘ra, bu holatda 16 ta guruh tashkil etilib, ularning har birida 3 tadan mamlakat 1/32 final uchun kurash olib boradi. Ya’ni, guruhda eng yaxshi natija qayd etgan ikki jamoa yurishini davom ettiradi.
Mundial ishtirokchilari soni 16 taga oshgach, konfederasiyalar uchun taqdim etiladigan kvotalarda ham o‘zgarish yuz beradi. Unga ko‘ra, FIFA Evropa qit’asi uchun 16 ta joy ajratishni rejalashtirgan. Bu ko‘rsatkich Afrikada 9,5 tani, Osiyoda 8,5 tani, Janubiy va Shimoliy Amerikada 6,5 tani tashkil qiladi. Shuningdek, OKEANIYa yaxlit 1 ta yo‘llanmaga ega bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, JCh—2018 yo‘lida Osiyo qit’asiga 4,5 ta kvota ajratilgan. Unga ko‘ra, 4 ta mamlakat saralashni muvaffaqiyatli yakunlab, Rossiya mundialiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. O‘z guruhida 3-o‘rinni olgan ikki mamlakat esa o‘zaro plef-off o‘yinida ishtirok etadi. G‘olib jamoa qit’alararo pley-offda to‘p suradi.
JCh—2018 saralashining hal qiluvchi bosqichi 1-davrasi yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z guruhida 3-o‘rinni egallab turibdi. Bu esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma uchun kamlik qiladi. 2026 yilgi reja amalga oshsa, o‘z guruhida 4-o‘rinni egallab turgan jamoalar ham mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olgan bo‘lardi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
2050 yilda 1,2 milliardgacha odam yashash joyini tark etadi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Qur’onni yoqqani uchun qamalgan Nikita Juravelga yangi hukm o‘qildi
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
Kiyev va Moskva o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari: u qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin?
Superliga. 2025 yilgi mavsum qachon start olishi ma’lum qilindi