date

Inter Karlos Augusto bilan shartnomani uzaytiradi


Milanning "Inter" klubi chap qanot himoyachisi Karlos Augusto bilan shartnomani uzaytirishga yaqin. Braziliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha amal qiladi, biroq yangi kelishuv 2030-yilgacha davom etishi kutilmoqda.

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi. Yangi shartnoma doirasida futbolchining maoshi oshirilishi rejalashtirilgan.

Karlos Augusto joriy mavsumda "neradzurrilar" safida 12 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali 26 yoshli futbolchini 26 million yevroga baholamoqda.

9-noyabr, yakshanba kuni "Inter" A Seriyaning 11-turida o‘z maydonida "Lasio"ni qabul qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Inter Karlos Augusto bilan shartnomani uzaytiradi