
“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot hujumkor yarim himoyachi Florian Virts haqida fikr bildirdi. “Florian bir nechta pozitsiyada o‘ynay oladi.
U chap qanotda harakat qilishi mumkin – aynan o‘sha joyda u Xabi Alonso qo‘l ostida “Bayer”da deyarli doim o‘ynagan. Bungacha esa u asosan “o‘nlik” pozitsiyasida harakat qilardi.
Bu yerda muhim narsa uning pozitsiyasi emas, balki u eng xavfli zonalarda to‘p bilan bo‘lishi. Biz uni jarima maydoniga yaqinroq bo‘lishini istaymiz – markazda yoki bir oz chapga yoki o‘ngga siljib, imkon qadar ko‘proq golli vaziyatlar yaratishi lozim,” – dedi Slot matbuot anjumanida.
“Liverpul” safida Florian Virts 15 o‘yinda maydonga tushib, jamoadoshlariga uchta golli uzatma bergan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.