date

"Tottenhem" – "Manchester Yunayted": kutilayotgan tarkiblar

"Tottenhem" – "Manchester Yunayted": kutilayotgan tarkiblar
Angliya chempionatining 11-turida "Manchester Yunayted" safarda "Tottenhem" bilan bahs olib boradi. "Yevro-Futbol" nashri jamoalarning kutilayotgan asosiy tarkibini eʼlon qildi.

"Tottenhem": Vikario (darvozabon), Spens, van de Ven, Romero, Porro, Bentankur, Palinya, Odobert, Simons, Jonson, Kolo-Muani. "Manchester Yunayted": Lammens (darvozabon), Dalot, Shou, de Ligt, Yoro, Diallo, Fernandesh, Kazemiro, Kunya, Mbeumo, Sheshko.

"Tottenhem" safida bir qator futbolchilar jarohat tufayli o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Ular orasida Deyan Kulusevski, Ben Devis, Dominik Solanke, Archi Grey, Jeyms Meddison, Iv Bissuma, Radu Dragushin va Kota Takai bor.

Muhammad Kudusning holati esa o‘yindan oldin aniqlanadi. "Manchester Yunayted"da esa Lisandro Martines jarohat olgan.

Jamoalar Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 17 ochkodan toʻplagan. Oldingi turda "Tottenhem" "Chelsi"ga qarshi o‘yinda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi, "Manchester Yunayted" esa "Nottingem Forest" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Mazkur uchrashuv bugun, 8-noyabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da Londonda boshlanadi. "Tottenhem" – "Manchester Yunayted" uchrashuvidan toʻgʻridan-toʻgʻri matnli onlayn translyatsiyani o‘tkazib yubormang.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Tottenhem" – "Manchester Yunayted": kutilayotgan tarkiblar