date

Ekitike Liverpulning mavsumdagi o‘yinini baholadi

Ekitike Liverpulning mavsumdagi o‘yinini baholadi
Liverpul hujumchisi Ugo Ekitike jamoasining joriy mavsumdagi o‘yin darajasi haqida fikr bildirdi. Mersisaydliklar transfer bozorida jiddiy kuchayishdi, biroq bu natijalarga ijobiy taʼsir ko‘rsatgani yo‘q — Angliya chempionlari hozircha barqarorlikka erisha olishgani yo‘q.

"Biz mukammal emasmiz, lekin maydonda har birimiz o‘zimizni 100 foiz, hatto undan ham ko‘proq bag‘ishlaymiz. Bu energiya va raqiblarga ko‘rsatayotgan bosimimizda yaqqol seziladi.

Juda ko‘p o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Biz rivojlanishda davom etishimiz kerak", — dedi Ekitike yakshanba kuni boʻlib oʻtadigan "Manchester Siti"ga qarshi oʻyindan oldin.

Eslatib o‘tamiz, fransiyalik hujumchi "Liverpul" tomonidan Frankfurtning "Ayntraxt" klubidan 95 million yevro evaziga sotib olingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ekitike Liverpulning mavsumdagi o‘yinini baholadi