
Italiyalik hujumchi, hozirda "Liverpul" klubi sharafini himoya qilayotgan Federiko Kyeza yoshligida kimni kumir sifatida ko'rganini ma'lum qildi. U braziliyalik futbolchi, "Milan" jamoasi sobiq yulduzi va "Oltin to'p" sohibi Kaka haqida gapirdi.
"Kaka mening kumirim edi. Otam bilan birgalikda uning o'yinidan zavqlanardik.
Men uni futbolchi sifatida sevib qoldim", - deydi Kyeza. Shuningdek, u futbol tarixidagi eng yaxshi italiyalik futbolchilar to'rtligini ham aytib o'tdi: "Maldini, Baddjo, Buffon va Pirlo", - deya ta'kidladi Federiko Kyeza pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida.
Ma'lumot uchun, Federiko Kyeza bungacha Italiya klublari "Fiorentina" va "Yuventus"da faoliyat olib borgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar