«Real» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zini jahon futbolining bir qismiga aylangan deb hisoblay boshladi.
Dushanba oqshomida Ronaldu FIFA talqini bo‘yicha 2016 yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida taqdirlandi.
«Menda shubha yo‘qki, men endi jahon futboli tarixining bir qismiman. Bu mening maqsadim edi. Men futbol o‘ynashni boshlaganimdayoq – shunchaki futbolchi bo‘lishni emas, dunyoning eng zo‘r futbolchisi bo‘lishni maqsad qilib qo‘ygandim. Buni uddaladim - sovrinlar, rekordlar, individual mukofotlar shundan guvohlik bermoqda", - deya Ronaldudan iqtibos keltirgan FIFA rasmiy sayti.
Portugaliyalik futbolchi shuningdek, kelgusida o‘zini murabbiy sifatida ko‘rmasligi va Portugaliya terma jamoasi bilan 2017 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Konfederasiyalar Kubogida zafar qozonmoqchi ekani haqida gapirib o‘tgan.
«Hech qachon hech qachon demang. Men kelgusida nimalar bo‘lishini bilmayman, ammo ayni vaqtda men o‘zimni murabbiy sifatida ko‘rmayapman», -degan Ronaldu.
Krishtianu Ronaldu 2016 yil hisobidan 4ta jamoaviy va 10ta individual mukofotga sazovor bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Namanganda olib qochilgan avtomobil «Qamchiq» dovonida to‘xtatildi
Peskov AQSHning amaldagi ma’muriyatini Ukrainadagi vaziyatni keskinlashtirishda aybladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Medvedev yadroviy qurol texnologiyasini “AQSH dushmanlariga” berishni taklif qildi
Qozog‘iston prezidenti mahalliylashtirilgan sportchilar sonini kamaytirishga topshiriq berdi
Komil Allamjonovga suiqasdda gumonlanib 5 kishi qamoqqa olindi