date

«Barselona» «Selta»ni mag‘lub etib, 2-o‘ringa qaytdi (video)

«Barselona» «Selta»ni mag‘lub etib, 2-o‘ringa qaytdi (video)

"Barselona" yana o‘z darvozasini "quruq" saqlay olmadi. Bugungi "Selta"ga qarshi o‘yinda, 10-daqiqada Robert Levandovski penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.

Ammo oradan atigi ikki daqiqa o‘tib, mezbon jamoa futbolchisi Serxio Karreyra javob golini urdi. Shunday qilib, "ko‘k-anorranglilar"ning "quruq" o‘yinlarsiz seriyasi davom etmoqda – hozirda bu ko‘rsatkich 10 ta o‘yinga yetdi.

Kataloniyaliklardan Levandovski het-trikka erishdi, Yamal ham gol urdi, Reshford 2 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Flik jamoasi ochkolarini 28 taga yetkazib, 2-o‘ringa qaytdi va peshqadam «Real» (31) bilan farqni 3 ochkogacha qisqartirdi. «Selta» 13 ochko bilan 13-pog‘onada qoldi.

"Barselona" so‘nggi marta 21 sentyabr kuni "Xetafe" ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonganda gol o‘tkazmagan edi.

Selta — Barselona 2:4

9 noyabr, «Balaydos»

Gollar: Karreyra (11), Iglesias (43) — Levandovski (10 penalti, 37, 74), Yamal (45+4).

Selta — Rad-u, Fernandes (Roman, 78), Starfelt, Alonso, Mingesa (Rodriges, 46), Sotelo (Al Abdullaui, 78), Moribo, Karreyra, Yutgla (Saragosa, 58), Duran, Iglesias (Aspas, 70).

Barselona — Shesni, Garsiya, Arauxo, Kubarsi, Balde (Martin, 86), De Yong, Olmo (Kristensen, 86), Fermin, Yamal (Bernal, 90+7), Reshford (Torres, 88), Levandovski.

Ogohlantirishlar: Kubarsi (42), De Yong (79), Reshford (87), Levandovski (89), Roman (90).

Chetlatish: De Yong (90+4).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» «Selta»ni mag‘lub etib, 2-o‘ringa qaytdi (video)