
Milanning "Inter" klubi sobiq bosh murabbiyi Andrea Stramachchoni fikricha, jamoa yangi darvozabon haqida oʻylashni boshlashi kerak. Uning ta'kidlashicha, Yannik Zommer yoshi sababli asosiy darvozabon sifatida uzoq vaqt davomida oʻynay olmasligi mumkin.
"Zommer ushbu mavsumni asosiy darvozabon sifatida yakunlashi mumkin, men bu borada hech qanday muammo koʻrmayapman. Ammo kelajak uchun, ayniqsa keyingi mavsum uchun "Inter" yangi asosiy darvozabon haqida oʻylashi kerak", – deydi Stramachchoni, fcinter1908.it nashriga bergan intervyusida.
Eslatib oʻtamiz, Yannik Zommer oʻtgan yili "Inter" safiga qoʻshilgan edi. Bungacha shveysariyalik darvozabon asosan Germaniyada – Moʻnxengladbaxning "Borussiya" va Myunxenning "Bavariya" klublarida faoliyat yuritgan.
Stramachchoni: "Inter" yangi darvozabon haqida oʻylashi kerak
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing