Gvardiola minginchi o'yini haqida gapirdi

Gvardiola minginchi o'yini haqida gapirdi
Manchester Siti bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o'zining murabbiylik faoliyatidagi minginchi o'yinidan keyingi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi. Ushbu yubiley oʻyin "Liverpul"ga qarshi kechgan bo'lib, "shaharliklar" 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

"Men shunchaki futbolchilar va butun jamoa xodimlariga bunday sovg'a uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Manchester Sitidagi ishimizdan faxrlanaman.

O'ylaymanki, bu yo'ldagi asosiy tamal toshlari "Barselona"ning ikkinchi jamoasini boshqargan ilk davrimda qo'yilgan. O'sha paytlar ko'p narsalarni anglab yetdim va o'rgandim.

Minginchi o'yinni oila aʼzolarim ko'z o'ngida o'tkazish alohida qadrlidir. Ayniqsa, "Liverpul"ga qarshi o'yin.

Unga nisbatan juda katta hurmatim bor. So'nggi o'n yil ichida bu jamoa bizning eng kuchli raqibimiz bo'ldi," dedi Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik murabbiy Manchester Sitini 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar