date

Sarri hakamlikni tanqid qildi

Sarri hakamlikni tanqid qildi
Italiya A Seriyasining 11-turida Rimning "Latsio" jamoasi safarda "Inter"ga imkoniyatni boy berdi. "Qirgʻiylar" bosh murabbiyi Mauritsio Sarri uchrashuvdan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.

U "Inter"ning o‘yinini eʼtirof etgan holda hakamlikni tanqid qilishdan oʻzini tiyib qolmadi. "Biz xarakter va mentalitet boʻyicha "Inter"dan qolishmaymiz.

Jamoam oʻsishda davom etmoqda. Hakamlikga kelsak, u oʻyinning natijasiga taʼsir qilmagan boʻlsa-da, "Inter"ning ayrim qoʻpolliklari sariq kartochkaga loyiq edi.

Soʻnggi vaqtlarda hakamlik sifati sezilarli darajada pasayib ketmoqda", - deydi Sarri fcinter1908.it nashriga bergan intervyusida. Keyingi tur doirasida "Latsio" 23-noyabr kuni oʻz maydonida "Lechche" jamoasiga qarshi oʻyin oʻtkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Sarri hakamlikni tanqid qildi