date

Messi tarixda birinchi bo‘lib 400 assistentga yetdi

Messi tarixda birinchi bo‘lib 400 assistentga yetdi

"Inter Mayami" jamoasi yetakchisi Lionel Messi professional faoliyati davomida 400 ta golli uzatma berib, tarixda bu ko‘rsatkichga erishgan ilk futbolchiga aylandi.

Inter Miami News Hub ma’lumotiga ko‘ra, argentinalik yulduzning paslaridan eng ko‘p foyda ko‘rgan o‘yinchi — uning joriy jamoadoshi Luis Suares bo‘lgan. U Messidan 47 marta assist olgan. Keyingi o‘rinlarda Neymar (27 gol) va Kilian Mbappe (20 gol) joylashgan.

Shuningdek, Pedro Rodriges (17), Samuel Eto'O (15), Jordi Alba (14), David Vilya (13), shuningdek, Andres Inesta, Sesk Fabregas, Jerard Pike va Aleksis Sanches (har biri 10 tadan) ham Messi paslaridan keyin to‘p kiritgan futbolchilar sirasida.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi 2023 yilda “Inter Mayami”ga qo‘shilgan. Ungacha esa u “Barselona” va “PSJ” klublari sharafini himoya qilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Messi tarixda birinchi bo‘lib 400 assistentga yetdi