
Madridning "Atletiko" klubidan bo'lgan uch nafar argentinalik futbolchi milliy terma jamoaning Angola bilan oʻrtoqlik uchrashuvida ishtirok eta olmaydi. Bu futbolchilar Giuliano Simeone, Julian Alvares va Nauel Molina ekani maʼlum qilindi.
"Albiseleste" matbuot xizmati xabariga koʻra, ushbu futbolchilar kerakli tibbiy hujjatlarni taqdim eta olmagan. Angola hududiga kirish uchun sariq isitma kasalligiga qarshi emlanganlik haqida sertifikat talab qilingan, ammo "Atletiko"ning ushbu uch futbolchisida bunday hujjatlar mavjud emas bo‘lib chiqdi.
Argentina va Angola oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvi 14-noyabr, juma kuni Luanda shahrida boʻlib oʻtadi. Eslatib oʻtamiz, Lionel Skaloni boshchiligidagi Argentina terma jamoasi amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing