«Bunyodkor» klubi yarim himoyachisi, Osiyoning 2015 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida taqdirlangan Doston Hamdamov faoliyatini Rossiya klubi safida davom ettirishi mumkin.
«Kun.uz» nashri xabariga ko‘ra, Grozniyning «Terek» klubi ushbu futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Chechenistonliklar jamoasi ayni vaqtda Rossiya Premer-ligasida 17 tur uchrashuvlaridan keyin to‘rtinchi o‘rinda joylashgan. Jamoada tojikistonlik Rashid Rahimov bosh murabbiy.
Sardor Rashidov «Bunyodkor»ni tark etgach, uning o‘rnida aynan Dostonbek Hamdamov etakchiga aylangandi.
Doston Hamdamovning «Bunyodkor» bilan shartnomasi bor, lekin bu shartnoma qancha muddatga tuzilgani, uning transferi uchun toshkentliklar jamoasi qancha mablag‘ so‘rashi ma’lum emas.
U O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi safida 2012 yil qit’a chempionligini qo‘lga kiritgan. U shuningdek 2015 yilda yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham ishtirok etib, jamoa bilan chorak finalga qadar etib borgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
2050 yilda 1,2 milliardgacha odam yashash joyini tark etadi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Qur’onni yoqqani uchun qamalgan Nikita Juravelga yangi hukm o‘qildi
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
Kiyev va Moskva o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari: u qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin?
Superliga. 2025 yilgi mavsum qachon start olishi ma’lum qilindi