
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente "Barselona" bilan manfaatlar toʻqnashuvi borasidagi savolga izoh berdi. "Koʻk-anorranglilar" futbolchilari milliy jamoa yigʻinlarida koʻp hollarda jarohat olishgani haqida maʼlumotlar mavjud.
Maʼlum boʻlishicha, "Barselona" vakillari charchagan futbolchilarga yuklamalarni kamaytirish boʻyicha iltimos qilgan, biroq terma jamoa murabbiylar shtabi bunga eʼtibor bermagan. "Biz "Barselona" bilan urushmayapmiz.
Hammamiz bir maqsadni koʻzlaymiz – muvaffaqiyatga erishishni. Bizning manfaatlarimiz umumiy.
Men "Barselona" qarorlarini hurmat qilaman, lekin mening qarorlarim ham hurmat qilinishini xohlayman", – dedi de la Fuente. Noyabr oyida Ispaniya terma jamoasi Gruziya (15-noyabr) va Turkiya (18-noyabr) terma jamoalariga qarshi oʻyin oʻtkazadi.
Luis de la Fuente: Biz "Barselona" bilan urushmayapmiz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar