
Madridning "Real" klubi vingeri Vinisius Junior kelasi yili jamoani tark etishi mumkin. Braziliyalik futbolchi yangi shartnoma bo'yicha klub rahbariyati bilan muzokaralarda kelishuvga erisha olmagan.
"Real" rahbariyati yulduz futbolchini 150 million yevro evaziga sotishga tayyor ekanligi avvalroq xabar qilingan edi. Jurnalist Sasha Tavolierining ma'lumotiga ko'ra, Vinisiusning faoliyatini davom ettirishi uchun eng ehtimoliy manzil Saudiya Arabistoni chempionati bo'lishi mumkin.
Yevropaning yirik klublari, jumladan "Manchester Siti", 25 yoshli futbolchi uchun bunday shartlarda taklif kiritishga qiziqish bildirmayapti. Transfermarkt portali ham Vinisius Juniorning transfer qiymatini 150 million yevroga teng deb baholagan.
Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.