Olmo: Yamaldan juda ranjidi

Olmo: Yamaldan juda ranjidi
“Barselona” futbolchisi Dani Olmo jamoadoshi Lamin Yamalning holati haqida fikr bildirdi. 18 yoshli futbolchi Ispaniya terma jamoasi tarkibidan chiqarildi, chunki u pubalgiya jarohatini davolashni davom ettirmoqda.

“Lamin juda xafa boʻldi, chunki u har doim terma jamoa safida oʻynashni xohlaydi. Koʻrinib turibdiki, agar u hozir bu yerda boʻlmasa, demak, u oʻzining 100 foiz formasida emas.

“Barselona” va Ispaniya terma jamoasi oʻrtasida hech qanday muammo yoʻq, munosabatlar yaxshi. Klub ham, terma jamoa ham Yamaldan eng yaxshi formasini kutmoqda”, – deydi Olmo Barca Universal nashriga bergan intervyusida.

Ispaniya terma jamoasi 15-noyabr kuni Gruziya, 18-noyabr kuni esa Turkiya terma jamoasiga qarshi 2026-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlarida maydonga tushadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar