
Fransiya futbol federatsiyasi yaqinda mamlakat chempionati doirasida bo'lib o'tgan "PSJ" va "Lion" jamoalari o'rtasidagi o'yin bo'yicha hakamlikka oid qarorini eʼlon qildi. Ushbu bellashuvda parijliklar 3:2 hisobida g'alaba qozongan edi, biroq "Lion" jamoasi Xvicha Kvaratsxeliya tomonidan urilgan golga nisbatan eʼtiroz bildirdi.
Hakamlar qo'mitasi mazkur murojaatni ko'rib chiqib, gol noto'g'ri hisobga olinganini tasdiqladi. Darvozaga gol urilishidan oldin Vitinya raqibdan to'pni tortib olishga urinayotganda uning oyog'iga tegib ketgan.
Bu holatni na bosh hakam, na VAR tizimida ishlagan mutaxassislar payqashgan. "Lion" vakillari ushbu xabardan o'z noroziliklarini bildirgan.
Hozirda "Lion" 20 ochko bilan turnir jadvalida ettinchi o'rinda bormoqda, "PSJ" esa 27 ochko bilan birinchi pog'onada joylashgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.