date

Benarrivo: 1994-yilgi mag'lubiyatni unutolmadim

Benarrivo: 1994-yilgi mag'lubiyatni unutolmadim
1994-yilda "Parma" jamoasi futbolchisi Antonio Benarrivo AQShda o'tkazilgan Jahon chempionatining final bosqichida ishtirok etish uchun Italiya terma jamoasiga taklif etilgan edi. O'shanda Italiya finalga chiqdi, ammo penaltilar seriyasida Roberto Badjoning (yana bir necha italiyalik, jumladan Franko Barezi ham xato qilgan edi) hal qiluvchi zarbasi darvozaga tegmadi va "skuadra adzurra" mag'lubiyatga uchradi.

Benarrivo hanuzgacha o'sha muvaffaqiyatsizlikni unutolmaganini aytadi. "Bu hech qachon tugamaydigan tushkunlik.

Doimiy og'riq. O'ylaymanki, bu tuyg'u hech qachon yo'qolmaydi.

O'sha mag'lubiyat, o'sha qayg'uli kun xuddi dahshatli filmga o'xshaydi," - deydi Benarrivo pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida. Keyinchalik, 2006-yilda Italiya terma jamoasi penaltilar seriyasida Fransiyani mag'lubiyatga uchratib, Jahon chempioni bo'lishga muvaffaq bo'ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Benarrivo: 1994-yilgi mag'lubiyatni unutolmadim