
"Volfsburg" klubi Turkiyaning "Samsunspor" jamoasi bosh murabbiyi Tomas Raysni o'z safiga qo'shishga tayyor. Sky Germany xabariga ko'ra, nemis klubi murabbiyning shartnomasida ko'rsatilgan 200 ming yevro miqdoridagi tovon pulini to'lashga rozi.
"Bo'rilar" Raysning Turkiyada erishgan yutuqlarini yuqori baholashmoqda. Tomas Rays 2024 yildan beri "Samsunspor"ni boshqarib kelmoqda.
Uning qo'l ostida bu viloyat klubi o'tgan mavsum Turkiya chempionatining asosiy sensatsiyasiga aylandi: jamoa to'rtinchi o'rinni egallab, Yevrokuboklarga yo'l oldi. Hatto mavsum davomida "Samsunspor" uchlikda ham uzoq vaqt davomida o'rin olib turgan, faqat oxirgi turlarda pozitsiyasini boy bergan edi.
Eslatib o'tamiz, "Volfsburg" jamoasi bosh murabbiyi lavozimini ilgari Paol Simons tark etgan edi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.