
Burnli klubi futbolchisi, tunislik Xannibal Mejbriga Angliya Premer-ligasi intizomiy qo'mitasidan muxlisga tupurgani uchun uzoq muddatli diskvalifikatsiya tahdid qilmoqda. Ushbu voqea bir oy oldin, 18-oktabrda, Burnli va Lids oʻrtasidagi o‘yinning ikkinchi bo‘limida sodir bo‘lgan.
Bu uchrashuvda Burnli 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. O‘yin yakunidan so‘ng, Lids muxlisi futbolchining harakatidan shikoyat qilgan va rasmiy tekshiruv boshlangan.
Agar futbolchining aybi isbotlansa, sobiq Manchester Yunayted futbolchisi olti o‘yinga qadar diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Hozirda Burnli jamoasi Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.