Erik Garsiya Barselona uchun PSJni rad etdi


Barselona himoyachisi Erik Garsiya klubni tark etmoqchi emas. Tez orada "koʻk-anorranglilar" 24 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirishi haqida eʼlon qilishi kutilmoqda.
Turli manbalarga koʻra, ispaniyalik futbolchi Fransiyaning PSJ klubi va A Seriyaning nomi ochiqlanmagan vakillariga rad javobini bergan, chunki u "Barselona"da qolishni qatʼiy maqsad qilgan. Erik Garsiyaning kataloniyalik grand bilan yangi shartnomasi 2029 yilning oʻrtalarigacha amal qilishi kutilmoqda.
Muzokaralar yakuniy bosqichga yetgan. Amaldagi shartnomasi 2026 yil yozida nihoyasiga yetadi.































Izohlar 0
…