date

Foden Serbiyaga qarshi o'yinini baholadi


Angliya terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Fil Foden Serbiya milliy jamoasiga qarshi JCh-2026 saralash o‘yinidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Britaniyaliklar ushbu bahsda 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

"O‘ylaymanki, men yaxshi o‘yin ko‘rsatdim. Raqib darvozasi oldida bir necha imkoniyat yaratdim, ammo ularni golga aylantira olmadim.

Bu, albatta, achinarli. Umuman olganda, o‘z o‘yinimdan mamnunman", — dedi futbolchi UEFA matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Tomas Tuxel shogirdlari 21 ochko to‘plab, o‘z saralash guruhida yetakchilikni mustahkamlashdi. Angliya terma jamoasi JCh-2026 yo‘llanmasini muddatidan oldin qo‘lga kiritdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Foden Serbiyaga qarshi o'yinini baholadi