
Bavariya klubi vingeri Maykl Olise yirik Yevropa klublarining jiddiy qiziqishini uygʻotmoqda. Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, Liverpul Oliseni Mohamed Salahning uzoq muddatli oʻrinbosari sifatida koʻrmoqda.
Shuningdek, Manchester Siti, Chelsi va PSJ klublari ham fransiyalik futbolchini diqqat bilan kuzatmoqda. Ammo Bavariya Olise boʻyicha 100-120 million yevrodan kam boʻlgan takliflarni koʻrib chiqishni istamaydi.
Joriy mavsumda 23 yoshli Olise barcha musobaqalar doirasida 17 oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Olisening Bavariya bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning oʻrtalariga qadar amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.