date

Ter Shtegen boshqa klub bilan muzokara olib bormoqda


Barselona darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen kelasi yilda jamoasini o'zgartirishi mumkin. Germaniyalik futbolchiga Turkiyaning "Beshiktosh" klubi yana qiziqish bildirdi.

Klub o'tgan yozda ham uni o'z safiga qo'shib olishga uringan edi. Diario Sport ma'lumotlariga ko'ra, tomonlar yana muzokaralarni boshladi.

Gap ijaraga olish haqida bormoqda, shartnoma 2024-yil yanvarida kuchga kirib, mavsum oxirigacha davom etishi kutilmoqda. Shuningdek, 33 yoshli darvozabon haqida Angliya Premer-ligasi klublari, jumladan, "Manchester Yunayted" va Fransiyaning "Monako" jamoasi ham ma'lumot talab qilgan.

Transfermarkt bahosiga ko'ra, Mark-Andre ter Shtegenning qiymati 8 million yevroni tashkil etadi. Uning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha imzolangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ter Shtegen boshqa klub bilan muzokara olib bormoqda