Leroy Sane Germaniya terma jamoasiga qaytdi

Galatasaray klubi vingeri Leroy Sane Germaniya terma jamoasi safida Lyuksemburgni 2:0 hisobida magʻlub etishga yordam berdi. 29 yoshli futbolchi 49-daqiqada Nik Voltemadening birinchi goliga assistentlik qildi.
Bu Sane uchun iyun oyidan buyon terma jamoa safidagi ilk oʻyin boʻldi. "Maydonga qaytganimdan xursandman.
Oʻz yurtim sharafini himoya qilish har doim katta faxr. Golga assistentlik qilganim va murabbiyning ishonchini oqlaganimdan mamnunman.
Mening maqsadim – Jahon chempionatida oʻynash. Qanday boʻlishini koʻramiz," – dedi sobiq Bavariya futbolchisi.
Leroy Sane iyul oyida Myunxen klubidan Galatasarayga erkin agent sifatida oʻtgan edi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Bu Sane uchun iyun oyidan buyon terma jamoa safidagi ilk oʻyin boʻldi. "Maydonga qaytganimdan xursandman.
Oʻz yurtim sharafini himoya qilish har doim katta faxr. Golga assistentlik qilganim va murabbiyning ishonchini oqlaganimdan mamnunman.
Mening maqsadim – Jahon chempionatida oʻynash. Qanday boʻlishini koʻramiz," – dedi sobiq Bavariya futbolchisi.
Leroy Sane iyul oyida Myunxen klubidan Galatasarayga erkin agent sifatida oʻtgan edi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…