Lineker JCH-2026 favoritlarini aytdi

Sobiq "Barselona" futbolchisi Gari Lineker 2026-yilgi Jahon chempionatida gʻoliblik uchun asosiy daʼvogarlarni sanab oʻtdi. "Eng asosiy favoritlardan biri Ispaniya.
Hozirgi kunda ularning terma jamoasi juda kuchli. Angliya ham yaxshi tarkibga ega, lekin biz uchun bunday turnirlarda doim qiyin boʻlgan.
Shuningdek, Argentina va Fransiyaning ham gʻalaba uchun ajoyib imkoniyatlari bor. Lionel Messi haqida unutmaslik kerak, u hali ham yuqori darajadagi oʻyin koʻrsatmoqda", – dedi Lineker Marca nashriga bergan intervyusida.
Jahon chempionati kelasi yozda Shimoliy Amerikada boʻlib oʻtadi. Turnirning amaldagi chempioni Argentinadir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing