
Milan markaziy himoyachisi Fikayo Tomori yaqin kunlarda klub bilan yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda. 27 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yil o'rtalarida tugaydi.
Jurnalist Nikolo Skira xabariga ko'ra, tomonlar 2029 yilgacha mo'ljallangan yangi kelishuv bo'yicha kelishuvga yaqin turibdi. Fikayo Tomori 2021 yilda Londonning Chelsi klubidan 35 million yevro evaziga Milan safiga qo'shilgan edi.
Angliyalik himoyachi jamoa tarkibida 188 uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol va 4 ta golli uzatma amalga oshirgan. 23-noyabr kuni Milan A Seriyaning 12-turida Interga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.