Latsio Insinyeni jamoaga qoʻshmoqchi

Yozda Rimning "Latsio" klubi Kanadadan qaytgan Loretso Insinyeni oʻz safiga qoʻshishga qiziqayotgani haqida xabar berilgan edi. Ammo hozircha futbolchi Italiya A Seriyasida oʻziga mos keluvchi klubni topmagan.
Italiya manbalariga koʻra, "Latsio" hozirda Insinye bilan muzokaralarni yanada jiddiyroq olib bormoqda. Rimliklar futbolchiga mavsum uchun 1,2 million yevro taklif qilishmoqda.
Biroq Insinye "Latsio"ni Mauritsio Sarri boshqaruvida yetakchi klub deb hisoblamayapti va shuning uchun yaxshiroq taklif kutmoqda. Bu haqda "Il Messaggero" nashri maʼlum qildi.
Insinye avval "Napoli" safida oʻynagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing