
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) ijtimoiy tarmoqlardagi haqoratlar bo'yicha Interpolga murojaat qildi. Bu holat FIFA tomonidan ishlab chiqilgan Ijtimoiy tarmoqlarda himoya qilish xizmati (SMPS) yordamida aniqlangan.
2025-yil davomida SMPS orqali 30 mingdan ortiq haqoratli holatlar aniqlangan. "Bizning xabarimiz aniq: bizning o‘yinimizda zo‘ravonlikka o‘rin yo‘q.
FIFA aʼzo assotsiatsiyalar, konfederatsiyalar va huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda huquqbuzarlarni javobgarlikka tortishni davom ettiradi", – dedi FIFA prezidenti Janni Infantino tashkilot matbuot xizmati orqali bergan bayonotida. Shuningdek, 11 ta ish Argentina, Braziliya, Fransiya, Polsha, Ispaniya, Buyuk Britaniya va AQShdagi huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.
SMPS ishga tushirilganidan beri 65 mingdan ortiq haqorat holatlari aniqlangan. Infantino taʼkidlashicha, FIFA o‘zi ham huquqbuzarlarga qarshi chora ko‘radi, shu jumladan, futbol o‘yinlariga tashrifni taqiqlashgacha bo‘lgan jazo choralarini qo‘llashni rejalashtirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.