De Laurentis: Futbolchilar jarohat bilan qaytmoqda

De Laurentis: Futbolchilar jarohat bilan qaytmoqda
Italiyaning "Napoli" klubi prezidenti Aurelio de Laurentis futbolchilarining jarohat olish holatlaridan noroziligini bildirdi. Kamerun terma jamoasida Andre-Frank Zambo-Angissa jarohat olgan bo'lsa, Albaniya terma jamoasida Amir Rahmoniy ham shikastlangan.

De Laurentis bu vaziyatga chora ko'rishni talab qilmoqda. "Biz Rahmoniyni terma jamoaga yubordik, u jarohat bilan qaytdi.

Angissa terma jamoaga ketdi, u ham jarohat bilan qaytdi. Bu holat davom etishi mumkin emas", - deydi de Laurentis, uning so'zlarini pianetamilan.it keltiradi.

Hozirda "Napoli" Italiya A Seriyasida amaldagi chempion sifatida ishtirok etmoqda va musobaqa jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar