date

Luis Suares: Barselonada barcha mavsumlarim zoʻr oʻtdi

Luis Suares: Barselonada barcha mavsumlarim zoʻr oʻtdi
Inter Mayami hujumchisi Luis Suares oʻzining Barselona safidagi faoliyati haqida fikr bildirdi. Urugvaylik futbolchi 2014 yilda Liverpuldan Kataloniya klubiga oʻtgan edi.

U Barselona safida 283 ta oʻyinda maydonga tushib, 195 ta gol va 113 ta golli uzatma amalga oshirdi. "Baʼzilar mening Barselonada faqat bitta yaxshi mavsumim boʻlgan deb oʻylashadi, lekin bu notoʻgʻri.

Men gʻurur bilan ayta olamanki, barcha mavsumlarim ajoyib oʻtgan. Ehtimol, baʼzi mavsumlarim muhim yutuqlar yoʻqligi sababli kamroq yorqin koʻringan boʻlishi mumkin, lekin men har doim yaxshi oʻyin koʻrsatganman", – dedi 38 yoshli futbolchi oʻzining soʻnggi intervyusida.

Suares 2020 yilda Madridning Atletiko klubiga oʻtgan va 2024 yil boshidan boshlab hozirgi jamoasi Inter Mayami sharafini himoya qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Luis Suares: Barselonada barcha mavsumlarim zoʻr oʻtdi