
Monako klubi yarim himoyachisi Aleksandr Golovin jamoaning qanday qilib sovrin qo'lga kiritishi mumkinligi haqida fikr bildirdi. "Ma'lumki, bunga erishish uchun jamoada kuchli va sog'lom futbolchilar bo'lishi kerak.
Afsuski, so'nggi paytlarda jarohatlar juda ko'p bo'ldi. Besh nafar asosiy o'yinchimiz safdan chiqqan.
Agar futbolchilarimiz sog'lom bo'lsa, ko'proq g'alabalarga erishamiz", — dedi Golovin "Sovetskiy sport" nashriga bergan intervyusida. Golovin 2018-yildan buyon "Monako" safida to'p surmoqda, biroq bu vaqt ichida u biror sovrin qo'lga kirita olmadi.
Rossiyalik futbolchi bilan birgalikda Monako klubi Fransiya Kubogi va Superkubogi finalida bir martadan qatnashgan, ammo har ikkala holatda ham PSJga yutqazgan. Chempionatda esa Golovin bilan kumush va uchta bronza medaliga ega chiqilgan.
Hozirgi kunda "Monako" Liga 1 musobaqasi turnir jadvalida 20 ochko bilan oltinchi o'rinni egallab turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.