date

Grosso: Italiya terma jamoasi darajasini ko'tarish kerak


Italiya terma jamoasi sobiq futbolchisi va 2006 yilgi jahon chempioni Fabio Grosso Norvegiya bilan o'yinda milliy jamoaning muvaffaqiyatsiz ishtirokini izohladi. "Skuadra Adzurra" 1:4 hisobida mag'lub bo'lib, endi jahon chempionati yo'llanmasi uchun pley-off bosqichida qatnashishga majbur bo'ladi.

Bu holat Norvegiya bilan o'yindan oldin ham taxmin qilinayotgan edi, ammo 1:4 hisobidagi mag'lubiyat hech qanday oqlovga ega emas — Grosso buni yaxshi anglaydi. "Terma jamoaga yangi qon, yosh futbolchilar kerak.

Biz milliy jamoa darajasini oshirishimiz kerak. 2006 yil bilan qiyos qilishning foydasi yo'q.

Kamchiliklarni tan olib, ular ustida ishlash lozim", — deya ta'kidladi Grosso pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida. Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi 2006 yilda so'nggi marta jahon chempioni bo'lgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Grosso: Italiya terma jamoasi darajasini ko'tarish kerak