date

Tchuameni: "Gʻalabaga chanqogʻim katta"


Madridning "Real" jamoasi yarim himoyachisi Orelen Tchuameni "Qirollik klubi" tarkibida yanada koʻproq sovrinlarni qoʻlga kiritishni xohlayotganini maʼlum qildi. "Garchi "Real" bilan barcha sovrinlarni qisqa vaqt ichida yutgan boʻlsam-da, gʻalabaga boʻlgan chanqogʻim katta.

Men koʻproq chempionlik unvonlarini, shuningdek, Chempionlar ligasida yana bir necha gʻalabalarni qoʻlga kiritmoqchiman", — dedi Tchuameni L'Equipe nashriga bergan intervyusida. Tchuameni 2022 yilda "Monako"dan "Real"ga oʻtgan edi.

Shu vaqt davomida fransuz futbolchisi Ispaniya chempioni boʻldi, Ispaniya kubogi va Superkubogini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, u klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida, qitʼalararo kubokda va Chempionlar ligasida gʻolib chiqdi.

Bundan tashqari, ikki marotaba UEFA Superkubogini yutishga muvaffaq boʻldi. Tchuamenining "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi.

Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, futbolchining narxi 75 million yevroni tashkil etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tchuameni: "Gʻalabaga chanqogʻim katta"