Liverpul Gravenberx bilan shartnomani uzaytirishga yaqin

Liverpul klubi yarim himoyachisi Rayan Gravenberx jamoa bilan mehnat shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi. Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, tomonlar 2030 yoki 2031 yilgacha mo‘ljallangan yangi kelishuvni imzolash arafasida. Qayd etilishicha, Gravenberx o‘tgan yozda saudiyalik klubning katta moliyaviy taklifini rad etgan, chunki u Enfildni tark etishni istamagan.
23 yoshli futbolchi joriy mavsumda jami 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Gravenberxning transfer qiymati 90 million yevroni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing