Sneyder: "Yamal Barselonaning yangi Messisi"

Sneyder: "Yamal Barselonaning yangi Messisi"
Mashhur niderlandiyalik sobiq futbolchi Uesli Sneyder 18 yoshli Lamin Yamalning kelajagi haqida fikr bildirdi. Bahorda "Barselona" yulduz qanot hujumchisi bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirdi.

"Yamal – "Barselona" uchun yangi Messi. Klub uni hech qachon qo'yib yubormaydi va men ishonamanki, u o'zi ham boshqa joyga ketishni xohlamaydi.

U bolaligidan buyon shu yerda to'p surmoqda, allaqachon katta yutuqlarga erishgan, unga katta maosh to'lashmoqda. U "Barselona"ning yulduzi.

Nega u Angliyaga yoki boshqa biror joyga ketishni o'ylashi kerak? Bu mantiqsiz", – dedi Sneyder.

"Ehtimol, Lamin kelajakda, tahlil qilib ko'rgach, Messi kabi yangi tajriba uchun boshqa jamoaga o'tar. Ammo hozir 2025 yil va menimcha, keyingi o'n yil davomida ham u "Barselona"da qoladi", – deya qo'shimcha qildi u "The Touchline"ga bergan intervyusida.

Yamal "ko'k-anorranglilar" safida 117 o'yinda maydonga tushib, 31 ta gol urgan va 40 ta golli uzatma bergan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar