date

Gvardiola Germaniya terma jamoasi vakilini xohlamoqda

Gvardiola Germaniya terma jamoasi vakilini xohlamoqda
Kyoln klubi vingeri Said El-Mala Manchester Siti klubini qiziqtirmoqda. 19 yoshli futbolchi Bundesligadagi debyut mavsumida yorqin o'yinlari bilan Yevropa grandlari e'tiborini tortdi.

Sky Sportning xabariga ko'ra, Man Siti bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ushbu iqtidorli nemis futbolchisini jamoaga olib kelishga qiziqish bildirmoqda. U ingliz klubining transfer bozoridagi ustuvor maqsadlaridan biri sifatida ko'rilmoqda.

Said El-Mala joriy Germaniya chempionati doirasida o'tkazgan 10 o'yinda 4 gol va 2 golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali tomonidan uning qiymati 18 million yevroga baholangan.

Noyabr oyida vinger ilk bor Germaniya milliy terma jamoasiga chaqirilgan, biroq u hali debyut qilmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola Germaniya terma jamoasi vakilini xohlamoqda