
Kristal Pelas markaziy himoyachisi Mark Geyi Barselonaning transfer ro'yxatida qolishda davom etmoqda. Bu haqda Cadena SER xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, kataloniyaliklar Geyining holatini diqqat bilan kuzatishmoqda. Ammo futbolchini qo'lga kiritish borasida favorit sifatida Liverpul klubi ko'rilmoqda.
Shu bilan birga, Barselona bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Geyini 2026 yil uchun asosiy transfer maqsadi deb bilmoqda. Joriy mavsumda 25 yoshli himoyachi turli turnirlarda 18 o'yinda maydonga tushib, bir gol va uchta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Futbolchining "burgutlar" bilan amaldagi shartnomasi yaqinlashib kelayotgan yozgacha amal qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.